Yangiliklar

Xalq deputatlari Davlatobod tumani kengashi Yoshlar maslahat guruhi raisi

Bugun Prezidentimiz – Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan uchrashuvda ilgari surilgan 32 ta muhim tashabbus – bu nafaqat qo‘llab-quvvatlash, balki yoshlar kelajagiga qaratilgan ulkan ishonch va tarixiy imkoniyatdir.

Har payshanbaning “Yoshlar kuni” deb belgilangani — davlat idoralari yoshlar muammolari bilan bevosita va tizimli shug‘ullanishini anglatadi.

Yosh tadbirkorlar uchun milliardlab so‘mlik kreditlar, grantlar va investitsiyalar ajratilishi — bu yangi ish o‘rinlari, yangi brendlar va yangi muvaffaqiyatlar degani.

“Innovatsion startaplar”, “Kelajak tadbirkori”, “Mening birinchi kasbim”, “Yangi avlod tadbirkorlari” kabi dasturlar — yoshlarning bilim, g‘oya va tashabbusini real natijaga aylantirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

⚡️ Endi navbat — bizda!

Imkoniyat bor joyda natija bo‘lishi shart!

Xalq deputatlari Davlatobod tumani kengashi Yoshlar maslahat guruhi raisi Abbosbek Usmonxo‘jayev.