Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi deputati Nilufar Mirabdullayeva tomonidan Solboshi MFY hududida amalga oshirilayotgan dasturiy loyihalar va olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada infratuzilmani yaxshilash, yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlari holati, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar doirasida bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan mahalla faollari, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Aholi murojaatlari tinglanib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.