📌 Sherobod tumanida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q.Raxamov tomonidan “Chag‘atoy” mahalla yettiligi ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Muloqot davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani yaxshilash, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi hamkorlik yo‘nalishlari batafsil muhokama qilindi.
📊 Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Mahalla yettiligi tomonidan hududdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
📌 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tizimli ravishda hal etish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✅ Uchrashuv yakunida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, har bir murojaatni nazoratga olish va amaliy natijadorlikni ta’minlashga kelishib olindi.