🔰 “Tashabbusli budjet” loyihasi 2-mavsumi jarayoni natijasida "Tinchlik" mahallasining “Tong”, “Zarqaynar”, “Chirchiq” hamda “Buloqsoy” ko‘chalarini asfaltlash loyihasi g‘olib deb topildi.
🔰Mazkur loyiha doirasida "Tinchlik" mahallasi "Tong" ko'chasida amalga oshirilayotgan ishlarning bajarilishi jarayonida ushbu ko‘chalarda asfalt qoplamasi yotqizilib, yo‘l yoqalari obodonlashtirildi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.
🔰Loyihaning har bir bosqichi 2-"Tinchlik" saylov okrugidan saylangan deputat Abdujabbor Djurayev tomonidan doimiy deputatlik nazorati ostida olib borildi. Bu esa, o‘z navbatida, ishlarning shaffof, sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishiga xizmat qiladi.