"2026–2030 yillarda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Yuksalish” harakati tashabbusi bilan, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari, O‘zNNTMA va Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat bo‘linmalari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, faollar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Muhokamaning asosiy maqsadi konsepsiya loyihasini markazdan emas, balki joylardan, fuqarolarning o‘z tashabbuslari va amaliy takliflariga tayanib shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan konsepsiya loyihasini yana-da takomillashtirish bo‘yicha aniq yechimlar, amaliy takliflar bildirildi.