Yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasida shahar hayoti uchun muhim bo‘lgan bir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish va tarmoqdagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari hisobotining eshitilishi;
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari;
“Yashil bog‘lar”ni tashkil etish masalasi;
Shahar budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi. Sessiya yakunida deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.