Navoiy okrugi deputati Z. Maxmudova mahalla yoshlar yetakchisining faoliyatini
o‘rgandi
Navoiy okrugi deputati Z. Maxmudova hududdagi yoshlar bilan ishlash samaradorligini
baholash maqsadida mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi bilan
uchrashuv o‘tkazdi. Tashrif davomida deputat yoshlar yetakchisi tomonidan
amalga oshirilayotgan loyihalar, tarbiyaviy tadbirlar, bandlikka ko‘maklashish
ishlari va ularning amaliy natijalari bilan tanishdi.
Uchrashuvda hududdagi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, qiziqish va
iqtidorlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etishga
qaratilgan tadbirlar muhokama qilindi. Yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning
tadbirkorlik tashabbuslariga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar yuzasidan ham ma’lumot berildi.
Z. Maxmudova yoshlar bilan muntazam ish olib borish, ularning muammolarini
eshitish va hal etishda mahalla tizimi muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.