Muloqot davomida deputatlar Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi
KQ-35-V-sonli qarorida belgilangan masalalar, jumladan, aholi
bilan muloqot jarayonida koʻtarilgan va “mahalla yettiligi” tomonidan taqdim
etilgan muammoli masalalarni sessiyalarda muhokama qilinishi
yoʻlga qoʻyilganligi, mahalliy Kengash deputatlari tomonidan doimiy ravishda aholini qiynab kelayotgan muammolar
oʻrganilishini hamda ularni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlanib
umumlashtirish hamda kelgusi yil uchun ishlab chiqiladigan hududni kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturiga kiritilishi lozimligi yuzasidan tushunchalar berib oʻtdilar.
Shuningdek, ikki nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib joyida hal etildi.
Muloqotdan soʻng, deputatlar va mahalliy ijro hokimiyati vakillari ishtirokida mahalla guzarining
shart-sharoitlari oʻrganildi va bu boʻyicha taʼmirlash ishlarini amalga
oshirish yuzasidan xulosa qilinib, choralari belgilab olindi.