Deputatlar tomonidan Sho‘rchi tumanida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yaxshilash
yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlaridan iborat Ishchi guruh a’zolari D.Bekmuradov boshchiligida O‘zbekiston
Ekologik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari bilan “Ko‘klam” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonda deputatlar tomonidan qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, birinchi galda sifatga alohida e’tibor berish, kuz-qish mavsumiga
tayyorgarligi va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus moslamalar o‘rnatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda.