Doimiy komissiyaning qo‘shma majlisida Oliy majlis Qonunchilik Palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalasi qo‘mitasi raisi Shermatov Ulug‘bek Ubaydullayevich, tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tegishli doimiy komissiyalar raislarining axborotlari, tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar O.Dadajonov, F.Ibragimov, A.Turdiboyev, E.Saidov, O.Isoqovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Doimiy komissiya majlisi yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, tegishli hujjatlar qabul qilindi.
Ra’no Fozilova
Doimiy komissiya a'zosi,