Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 6-Sirdaryo saylov okrugidan deputat O‘.Ermatov joriy yilning 25-iyun kuni Ibrat MFYdagi “Sirdaryo ko‘chasi 21-uyda yashovchi fuqaro Najmiddinov Boburning va Oqoltin ko‘chasida yashovchi Majidov Dilshodning tadbirkorlik qilish istagini bildirgan murojaatlarini Aloqa bank xodimlari bilan birgalikda o‘rgandi.
O‘rganish natijasida B.Najmiddionovga yuz million, D.Majidovga o‘n uch million kredit ajratilishi uchun xujjatlarini rasmiylashtirishga ko‘maklashdi.
7-Axillik saylov okrugidan deputat B.Norjigitova joriy yilning 25-iyun kuni Axillik MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda kambag‘allikdan chqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ichimlik suvi va chiqindi qarzdorliklarni kamaytirish borasida kelishib olindi.