Yangiliklar

DEPUTAT FAOLIYATI:

 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi “20-Mexrobod” saylov okrugidan saylangan deputat Qodirov Jamshid Hazratqulovich, 21-iyun kuni tumandagi “Mexrobod” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda “Mexrobod” mahallasi faollari va taklif etilgan tegishli tuman tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.  

J. Qodirov yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shuningdek, 2025-yil 16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari hamda mazmun-mohiyati haqida to‘htaldi. 

Shundan so‘ng fuqarolarning murojaatlar tingladi va muammolarni tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan shu
kunning o‘zidayoq o‘rganib, muammolarni hal etish choralari belgilab olindi.  

Slide 1 of 1