Odamga e’tibor – bu faqat shior emas, balki davlat siyosatining yuzi, partiyamizning ustuvor yo‘li va dunyoqarashidadir.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi uchun inson manfaati har doim birinchi o‘rinda bo‘lib kelgan. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan pensiya va ijtimoiy to‘lovlarni proaktiv tarzda tayinlash to‘g‘risidagi qarori – ana shu g‘oyaning hayotdagi amaliy ifodasi bo‘ldi.
Ayniqsa, sog‘ligida muammosi bor, imkoniyati cheklangan, yolg‘iz yoki yordamga muhtoj insonlar uchun bu juda katta yengillik va g‘amxo‘rlik namunasidir. Biz shifokorlar har kuni minglab insonlar taqdiriga guvoh bo‘lamiz. Odamlarga ko‘mak zarur bo‘lgan paytda, hujjat yig‘ib, sarson bo‘lish emas, balki tezkor yechim – eng katta yordamdir.
Proaktiv tizim nafaqat inson vaqtini, balki ruhiy holatini ham asraydi. Bu – tibbiyot, axborot texnologiyalari va ijtimoiy siyosatning samarali uyg‘unligidir.
Deputat sifatida, shifokor sifatida va fuqaro sifatida bu kabi insonparvar islohotlarni qo‘llab-quvvatlayman. Davlatning har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rligi – biz, jamoat vakillarining ham mas’uliyatini oshiradi.
Odamga e’tibor – har bir soha, har bir rahbar, har bir tizimning bosh vazifasiga aylanishi lozim.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh.Teshayev