Avtokarvon “Yuzda yurma – yuzga kir” shiori ostida tashkil etilib, tumanning aholi gavjum va serqatnov ko‘chalaridan o‘tdi. Tadbir chog‘ida aholiga piyoda sifatida harakatlanish qoidalari batafsil tushuntirildi. Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi mas’ullari, tuman IIB Yo‘l patrul xizmati guruhi hamda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvlarda haydovchilar bilan jamoat transport vositalarini boshqarishda xavfsizlik, harakat tezligi, piyodalar huquqlari xususida ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Shuningdek, tajribali haydovchilar tomonidan yosh avlodga amaliy tavsiyalar berildi.
Davomi:
https://amunews.uz/news/10556