Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 1-Yangiturmush saylov okrugidan saylangan deputat Eshonqulov Sanjar To‘xtayevich, Nuroniy jamg‘armasi Sherobod tuman bo‘limi raisi, tuman Kengashi deputati Abduzoir Choriyevlar tomonidan 20-iyun kuni Sherobod tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, 2025-yil 16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari hamda mazmun-mohiyati saylovchilarga yetkazildi.