Yangiliklar

Yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lidagi islohatlarga kamarbastamiz

MUNOSABAT

Yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lidagi islohatlarga kamarbastamiz

Bugungi kunda O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – xalqimizning farovon hayotini ta’minlash, yurtimizning iqtisodiy qudratini oshirish va xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamlashdan iborat.

Har birimiz, o‘z sohamizda, o‘z ish joyimizda, o‘z mahallamizda faol bo‘lishimiz, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surishimiz, mavjud muammolarni aniqlab, ularning yechimini topishga intilishimiz lozim. Shundagina, islohotlarning haqiqiy ishtirokchilariga aylanib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha olamiz.

Biz, O‘zbekiston fuqarolari, yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lidagi bunday ezgu maqsadlarga erishish uchun doimo kamarbastamiz. Zero, bu mamlakatimizning yanada gullab-yashnashi va xalqimizning farovon hayot kechirishiga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Hafizov Jo‘rabek O‘ktam o‘g‘li