Yangiliklar

Deputat munosabati.

Deputat munosabati.

Aholi muammolari bilan ishlashda yangi tizimga o‘tish 

 Joriy yilning 16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida juda ko‘p sohalarda kechayotgan islohotlar samarasi ko‘zga tashlanmayotgani keskin tanqid qilindi. Dunyoda turli mojarolar avj olayotgan bir vaziyatda tinchlikni qadriga yetish, inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda.Shu tufayli ham barcha darajadagi rahbarlar har qanday sharoitda ham aholi bilan muloqotni yanada yaxshilab, ular o‘rtaga qo‘yayotgan muammolarni tez hal etib borishlari ko‘rsatib o‘tildi. Eng achinarli tomoni shundaki, tuman, viloyat miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan har qanday masala davlat tashkilotlari tomonidan e’tiborsizlik qilib kelinayotgani kechirib bo‘lmas holat ekanligi tanqid qilindi. Qolaversa, shahar, tuman va viloyatlardagi ayrim tashkilotlar aholi murojaatlarini ijobiy tomonga hal etish o‘rniga o‘zini “nazorat”chi deb bilib, aholining og‘irini yengil qilishga panja orasidan qarab kelmoqda. Vazirlar, mas’ul idoralar tartib intizomga qattiq e’tibor bermagani uchun mamlakatimizda barcha sohada kechayotgan islohotlar ijrosi cho‘zilib ketyapti. Ayniqsa, keyingi paytlarda sud qarorlari vaqtida bajarilmayotgani yuzasidan ham aholi tomonidan ko‘plab murojaatlar bo‘layotgani aytib o‘tildi.Endi yurtimizda ijro intizomini mustahkamlash,odamlar muammolari bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. 

Prezidentimiz barcha hududlarda bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni keskin qisqartirish, investisiya va eksport hamda muhitni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Tadbirkorlikni rivojlantirib, yangi ish o‘rinlari yaratishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligi e’tirof etildi. 

Yerdan unumli foydalanish, mahallalarga suv olib borib meva sabzavot yetishtirishni keskin oshirish, chorvachilikni rivojlantirib go‘sht va sut mahsulotlarini ko‘paytirish,oziq-ovqat inflyasiyasini jilovlash sira kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa ekanligi tushuntirildi. Yig‘ilishda aholi farovonligini ta’minlashga doir boshqa bir qator masalalar ham davlatimiz rahbari e’tiboridan chetda qolmadi. 

Biz deputatlar Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan barcha vazifalarni bajarilishida o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati Dilnoza Sharopova

Slide 1 of 1