2025-yil 16-iyun kuni prezident Sh.Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohatlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining mazmun mohiyati
"Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o‘zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi. Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko‘rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi".
"Masalaning yechimi ham fotosurat bilan tasdiqlanadi. Ularning qanchalik tez va sifatli hal etilishiga qarab, hokimlar faoliyati kunlik baholab boriladi".
Deputat sifatida ushbu tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Xalqning tinchligi va farovonligini oshirishni ustuvor vazifa deb bilaman.