Yangiliklar

Deputat munosabati

 2025-yil 16-iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning haqiqiy natijadorligi, hududlarda bu ishlar qanday ijro etilayotgani va aholining kundalik hayotidagi muammolarga yechim topish masalalariga bag‘ishlandi 

So‘nggi oylarda aholi murojaatlari asosida 12 mingdan ortiq muammo o‘rganilgani va shundan 8 mingtasi hal etilgani
Prezidentimiz tomonidan alohida ta’kidlandi. Bu – davlat idoralari tomonidan xalq dardini eshitish va yechim topishga jiddiy yondаshilayotganini ko‘rsatadi.
 

Davlat rahbari tomonidan “har bir hududda o‘zgarish bo‘lmasa, islohot natijasi yo‘q” degan fikr aytilib, barcha darajadagi rahbarlarga javobgarlik yuklanganligi, ulardan raqam emas, hayotdagi o‘zgarish so‘ralayotganligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida hududiy boshqaruvda natijadorlik va javobgarlikni oshirish talab etiladi. Shu bilan birga, aholining muammolarini “Xalq nazorati” elektron portali orqali yuborish tizimini respublika bo‘ylab tatbiq etish ishlarini jadallashtirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi. 

Ushbu tizim aholi murojaatlarini shaxsan rahbarlar tomonidan har hafta ko‘rib chiqilishi va muammolarni tezkorlikda bartaraf etilishiga, eng muhimi fuqarolarning roziligiga erishishga zamin yaratadi. Kutilayotgan o‘zgarishlar ma’muriy boshqaruvni xalqqa yaqinlashtirish, raqamlashtirish orqali shaffoflashtirish va eng asosiysi, natijaga qaratayotgan tizimni shakllantirishga qaratilgan. 

Bu o‘zgarishlar amalga oshsa, rahbariyat va xalq o‘rtasidagi ishonch mustahkamlanadi, byurokratiya qisqaradi va joylardagi muammolar tezkor yechim topadi. 

Биз депутатлар Президентимиз томонидан белгилаб берилган барча вазифаларни бекаму-кўст адо этилишида ўз ҳиссамизни қўшамиз.  

  

Халқ депутатлари Гулистон шаҳар Кенгаши депутати В.Б.Хасанов