O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabr
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taklifiga
asosan tanlab olingan eng og‘ir 1000 ta mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni
yaxshilash, elektr energiyasini barqaror yetkazib berilishini ta’minlash, internet sifatini
oshirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va boshqa infratuzilmani yaxshilash maqsadida
2024-2025-yillarda Ellikqal’a tumanida tanlab olingan eng og‘ir Do‘stlik ovul fuqarolar yig‘inida
Ariqlarni betonlashtirish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.