Kuksaroy qarorgohida 9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fiko O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qilishdi. Natijada keng ko‘lamli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishildi.