Toshkentda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya hukumat rahbari Robert Fiko ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishib oldi. Tashrif chog‘ida xalqaro maydondagi o‘zaro hamkorlik, ayniqsa ko‘p tomonlama formatlardagi muloqotlar haqida fikr almashildi.