Toshkentda bo‘lib o‘tgan IV-Xalqaro investisiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning investisiyaviy siyosatini belgilab berdi. Unda ta’kidlanganidek, hozirgi qiyin sharoitda O‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishga asosiy e’tibor qaratilyapti. Natijada yalpi ichki mahsulotimiz sakkiz yilda 2 barobar ko‘paydi. 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 200 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.Ushbu nufuzli forum xorijiy investorlar uchun mamlakatimiz iqtisodiyotiga investisiya kiritish imkoniyatlarini o‘rganish, yangi va istiqbolli loyihalarni muhokama qilish hamda bu boradagi mustahkam aloqalarni o‘rnatish uchun qulay platforma yaratmoqda.O‘tgan yili investisiya hajmi 35 milliard dollarga, eksportimiz 27 milliard dollarga yetgani -to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Toshkent xalqaro investisiya forumining ham amaliy natijasidir.Biz, xalq vakillari forumda ko‘tarilgan barcha dolzarb masalalar va tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.
Qobiljon To‘rayev,
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati