Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI:

DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI: 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya" ning 2025-yil 11-iyun kunida navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Yig'ilish kun tartibiga 3 ta masala kiritilgan bo'lib, bular : 

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 6-maydagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-174-V-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash haqida. 

 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 6-maydagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan Kengash tekshiruvi o‘tkazish tartiblni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-173-V-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi tomonidan Kengash tekshiruvi o‘tkazish tartibini tasdiqlash haqida.          

3. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashining 2024-yil 21-noyabrdagi VI-2-09-8-112-K/24 sonli hamda 2025-yil 26-maydagi VII-8-76-8-112-K/25-sonli qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish yuzasidan xalq deputatlari Jarqo'rg'on tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Samanov kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot berib, ushbu qarorlarning mazmun-mohiyati haqida tushuncha va yo'nalishlar berib o'tdi.

✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi 

Slide 1 of 1