KENGASH FAOLIYATI :
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 19 ta masala kiritilgan bo'lib:
1. Jarqo‘rg‘on tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holatini o‘rganish yuzasidan olib borilgan ishlar shuningdek tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining faoliyati tashkilot va korxonalarda korupsion holatlar olidini olish bo'yicha tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i S.Allanazarovning axboroti to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishga mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-316-sonli (https://lex.uz/ru/docs/-6106551) qarori ijrosi yuzasidan tumanda 2024-yilda olib borilgan ishlari hamda 2025-yilga belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi boshlig‘i F.Yusupovning hisoboti to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekbardagi PQ-438 sonli “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish hamda axoli turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanida kreditlarni o'zlashtirish, tumanni iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyixalar yuzasidan tuman hokimining birinxchi o‘rinbosari R.Xamraevning hisoboti haqida.
Kun tartibidagi qolgan 16 ta masala xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalarida ko'rib chiqilb, tasdiqlash uchun sessiya kun tartibiga kiritildi.
📌 Sessiyaning to'liq ishini Kengashning you tube (https://youtube.com/@tuman_Kengashi?si=REB_upHYlfP3h2FX)sahifasi orqali kuzatishingiz mumkun.
✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati