Yangiliklar

Doimiy komissiya faoliyati

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi kotibiyatida Xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R.Abrarov va Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Li Vadim Gennadevich hamda shahar Kengashi deputatlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Angren shahar mahalliy byudjetining 2024-yil 4 chorak ijrosi to‘g‘risida, shahardagi "Zero waste" MChJ mas’ullari taqdim qilgan hisobotlar ko‘rib chiqilib, masalalar muhokama qilindi. Hisobotlar yuzasidan komissiya a’zolari fikr-mulohaza bildirdilar.

Slide 1 of 4