Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Piyodalar uchun qulaylik – deputat e’tibor markazida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Nurali Sulaymonov tomonidan “G‘alaba” mahallasi hududida joylashgan katta avtomobil yo‘li yoqasida aholi uchun ajratilgan piyodalar yo‘laklari qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mazkur hududda piyodalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, yo‘laklarning kengligi, mustahkamligi va foydalanishga qulayligi alohida e’tiborga olindi.

Ma’lumki, katta yo‘llar yoqasida piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yaratish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, maktab o‘quvchilari, keksalar va kundalik qatnovchilar uchun bunday yo‘laklarning mavjudligi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois deputat tomonidan ushbu masala doimiy e’tibor markazida ushlab kelinmoqda.

Slide 1 of 4