Yangiliklar

Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Danagul Berdaliyeva hamda tuman Kengashi deputati Dinara Kenjayevalar tumandagi “To‘qqiztepa” mahallasida joylashgan 19-maktabda bo‘lib, ta’lim maskanida olib borilayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktab binosidagi isitish tizimi, sinfxonalarning holati, elektr va xavfsizlik vositalari, shuningdek, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi. Deputatlar ta’lim muassasasi xodimlari bilan suhbatlashib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirishdi.

Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — bolalarning xavfsiz va barqaror ta’lim olishi uchun qulay muhit yaratilishini ta’minlashdir.

Tashrif yakunida mas’ul rahbarlarga qator topshiriq va tavsiyalar berilib, bajarilishi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3