Yangiliklar

1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!

1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati jamoasi ta'lim-tarbiya tizimida faoliyat olib borayotgan barcha ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etadi.

Murg'ak qalblarga ilm-ma'rifat ulashadigan, har bir bolani o'zining farzandidek ko'rib, ardoqlab, ta'lim-tarbiya beradigan Siz, aziz o'qituvchi va murabbiylar mehnati tom ma'noda fidoyilik namunasidir.

Aziz ustozlar, ilm yo'lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog'dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog'ingiz doimo baland bo'lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo'lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo'lsin hurmatli ustozlar!