Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman kengashi deputati ko‘magida xotin-qizlar ishga joylashtirildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati ishtirokida muammoli oilalar bilan profilaktik suhbat
янв.21
Aholi salomatligi e`tibor markazida: Delvarzin OSHPda profilaktik tibbiy ko`rik bo`yicha suxbat
янв.21
SUXBAT
янв.21
Jalaquduq tumanida oilaviy nizoni bartaraf etish yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi
янв.21
Qadaqsin MFYda fuqarolar murojaati asosida muammo joyida o`rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanida tibbiy ko`rik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi
янв.21
Tibbiy bilim va sog`lom hayot tarziga bag`ishlangan davra suhbati
янв.21
Aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish bo`yicha targ`ibot ishlari olib borilmoqda
янв.21
Mehnat munosabatlarida qonun ustuvorligi – asosiy mezon
XALQ DEPUTATLARI UCHKO‘PRIK TUMANI KENGASHINING O‘N BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishida Uchko‘prik tumanida 2025-yilning birinchi choragi davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilning birinchi yarim yilligiga belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi to‘g‘risida;

Uchko‘prik tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining 2025-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining Uchko‘prik tumanida ijrosini ta’minlash yuzasidan 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Uchko‘prik tumanida 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida yoshlarning muammolarini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlarda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida;

Uchko‘prik tumanida 2025-yilning o‘tgan birinchi choragida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, shuningdek tuman Ichki ishlar bo‘limi faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limining hisoboti haqida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash borasida 2025-yilning birinchi choragi davomida tumanda olib borilgan ishlar yuzasidan Uchko‘prik tumani prokurori O‘.Yo‘lchiyevning axboroti to‘g‘risidagi hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 7