Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi kotibiyatiga fuqaro Mashrabalieva Xusnidaxon tomonidan qilingan og`zaki murojaatga asosan tegishli tartibda o`rganish va tahlil ishlari amalga oshirildi. Mazkur murojaat yuzasidan Jalaquduq tumani Jalaquduq mahalla fuqarolar yig`ini huzuridagi oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a`zolari hamda Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati E.Qurbonov ishtirokida sud jarayonida nizolashayotgan oila holati o`rganildi. O`rganish jarayonida Jalaquduq tumani Jalaquduq MFY, Mirishkor ko`chasida yashovchi fuqaro Shukuraliev Maxamadjon hamda uning turmush o`rtog`i Mashrabalieva Xusnidaxon
o`rtasida yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchiliklar, ularning sabablari va mavjud holat atroflicha muhokama qilindi. Tomonlarning fikr-mulohazalari tinglanib, oiladagi muammolarni tinch yo`l bilan hal etish, o`zaro tushunish va murosa madaniyatini mustahkamlash yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Komissiya a`zolari va deputat tomonidan oilaviy munosabatlarni saqlab qolish, farzandlar manfaatlarini ustuvor qo`yish hamda milliy va ma`naviy qadriyatlarga asoslangan holda yashash bo`yicha tavsiyalar berildi.