Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Vaqtida tibbiy ko‘rik — sog‘lom kelajak kafolati”
янв.21
“Sifat va adolatli narxlar — deputatlik nazorati markazida”
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR YIG‘ILISHI
янв.21
Tuman kengashi deputati ko‘magida xotin-qizlar ishga joylashtirildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati ishtirokida muammoli oilalar bilan profilaktik suhbat
янв.21
Aholi salomatligi e`tibor markazida: Delvarzin OSHPda profilaktik tibbiy ko`rik bo`yicha suxbat
янв.21
SUXBAT
янв.21
Jalaquduq tumanida oilaviy nizoni bartaraf etish yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi
янв.21
Qadaqsin MFYda fuqarolar murojaati asosida muammo joyida o`rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanida tibbiy ko`rik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash_oyligi

#Korrupsiyaga_qarshi_kurash_oyligi

✍️Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir. Umuman, bu jarayondan hech kim chetda turmasligi kerak. Shu bois korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish uchun yanada ko‘proq sharoit yaratib, bunga keng jamoatchilikni jalb qilishimiz zarur. Avvalo, nodavlat tashkilotlar faolligini oshirish lozim. Bu – eng to‘g‘ri yo‘l”, degan murojaati barchamizni faollikka boshladi. 

📎Jumladan, Nurafshon shahri "Adolat" SDP raisi O.Abulxayirov hamda Nurafshon shahrar deputati, "Adolat" SDP a'zolari Axmedqulov Djura, Komol Umarboevl va Nurafshon shahar MADAD NNT huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi, Nurafshon shahri deputati N.Niyozovar tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida tibbiyot va ta’lim muassasalarida bu borada targ‘ibot ishlarini olib borish keng o‘rin egalladi.

 📎Nurafshon shahar Bollar tibbiyot markazi hamda Nurafshon shahar SHTB yuqoridagilardan kelib, “Korrupsiyasiz kelajak sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda professor va o‘qituvchilar, talabalar va OAV vakillari ishtirok etdi.

📎Tadbirda so‘z olgan Adolat" SDP a'zolari Axmedqulov Djura va Komol Umarboevlarlar jinoyatning bu turiga qarshi kurashish borasida bildirgan fikrlari o‘rinli ekani, butun dunyo ahlini tashvishga solayotgan jinoyatga qarshi murosasiz kurashilayotganiga qaramay hamon kuzatilayotgani va unga qarshi kurashishda barchamiz birgalikda harakat qilishimiz lozimligini ta’kidladi. 

O‘z o‘rnida tibbiyotda “halollik vaksinasi”ni tarqatish bilan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga erishish, shifokorlik nomiga dog‘ tushirmaslik va tizimdagi islohotlarga to‘xtaldi. 

— Korrupsiyaning moddiy zararini qoplash mumkin, Lekin uning jamiyatga keltiradigan ma’naviy zarari va oqibati kelgusi avlodlarga ham jiddiy salbiy ta’sir qiladi,-deydi.

✅ (https://www.facebook.com/profile.php?id=61554190746410&mibextid=ZbWKwL)Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi axborot xizmati.

Slide 1 of 6