Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida gapirdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Buranov Maxsud Erkinovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.Tayinlovga qadar Maxsud Buranov “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat ko’rsatgan.
Sessiyada so’zga chiqqanlar tumanning yangi hokimi atrofida jipslashib, hududni obod qilish, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga hissa qo‘shishlarini taʼkidladilar.