Sessiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1.
Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda saylovni tashkil etishga ko‘maklashuvchi tuman komissiya tarkibini tuzish to‘g‘risida;
2. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilab berilgan “Ta’lim tizimi islohotlari” borasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Dehqonobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining hisobotini eshitish to‘g‘risida;
3. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilab berilgan “Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar” borasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisobotini eshitish to‘g‘risida;
4. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilab berilgan “Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar” borasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Dehqonobod tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining hisobotini eshitish to‘g‘risida;
5. 2025-yil 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning videoselektor ko‘rinishida o‘tkazilgan “Yoshlar bilan muloqot” uchrashuvida belgilab berilgan ustivor masalalar hamda Dehqonobod tumanida yoshlar bilan ishlash borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi rejalar yuzasidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘ining hisobotini eshitish to‘g‘risida;
6. 2025-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida “Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustivor vazifalar hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 34-maqsad “Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish” borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Dehqonobod tumani sport maktabi direktorining hisobotini eshitish to‘g‘risida;
7. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilab berilgan “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha islohotlar” borasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Dehqonobod tuman bo‘linmasi boshlig‘ining hisobotini eshitish to‘g‘risida;
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2024-yil 11- dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi KQ-19-V-sonli qarori to‘g‘risida;
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2024-yil 26- iyundagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakolatlari, vazifalari va funksiyalarining reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi KQ-769-IV-sonli qarori to‘g‘risida;
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-51-52-53-54-55-V-sonli qarorlari to‘g‘risida;
10. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 8-iyuldagi “Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi kotibiyatining namunaviy ichki mehnat tartib qoidalari to‘g‘risida”gi 23-sonli qarori to‘g‘risida;
12. Boshqa masalalar.