Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди
янв.21
Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди
янв.21
Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди
янв.21
Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди
янв.21
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi
янв.21
Yangisor MFYda muhim muhokama!
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Bo‘ston MFYda Anzor Textile faoliyati o‘rganildi
#_162_ta_qonun_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi #_Kengash_ish_rejasi_ijrosi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashda deputatlar hamkorligi kuchaytirilmoqda

#_162_ta_qonun_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#_Kengash_ish_rejasi_ijrosi
Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashda deputatlar hamkorligi kuchaytirilmoqda


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “15-Tepakchinor” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashining “25-Afrosiyob” saylov okrugidan saylangan deputat Shaxobiddinov Ulug‘bek okrugiga qarashli “Afrosiyob” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 5–7-bandlarida belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, mahallada yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar va xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar, ehtiyoj va takliflar eshitildi. Aniqlangan masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni ijrosi ham o‘rganildi. Mahallada xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularga huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilab olindi.

Bunday deputatlik o‘rganishlari aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda deputatlar hamkorligining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2