Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
lmiy tavsiyalar asosida bajarilgan agrotexnik tadbirlar — hosil taqdirini belgilaydi
янв.21
Deputat nazorati: Sherobod ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
MAHALLA OBODLIGI YO‘LIDAGI HAMKORLIK
янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida xavfsizlik holati o‘rganildi

31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida xavfsizlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullayevna, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi Jo‘rabek Hamroyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, muassasada bolalar uchun yaratilgan xavfsiz va qulay shart-sharoitlarni o‘rgandilar.

Tashrif davomida muassasadagi yong‘in xavfsizligi holati, yong‘inga qarshi birlamchi vositalarning mavjudligi va sozligi, ularning belgilangan tartibda saqlanishi hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta'lim muassasasida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish, bolalarning hayoti va salomatligini ishonchli muhofaza qilish hamda muassasadagi mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3