Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH BO‘YICHA “MINI-BIZNES LOYIHALAR” TANLOVI TASHKIL ETILMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining “Chilonzor tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasini amalga tatbiq etish orqali yozgi ta’til davrida mahallalarda va umumta’lim maktablarida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi III-22-66-14-204-K/26-son qaroriga muvofiq tumanda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda ularda zamonaviy biznes ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur qaror ijrosi doirasida iyun–avgust oylarida respublika miqyosida “Mini-biznes loyihalar” biznes-rejalar tanlovi tashkil etiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarning innovatsion va istiqbolli biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.

Tanlovda ishtirok etib, eng yaxshi biznes-rejalarni taqdim etgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun tijorat banklari tomonidan amaldagi tartibda imtiyozli kreditlar ajratilishi nazarda tutilgan.

Mazkur tadbirlar Chilonzor tumani Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Slide 1 of 1