Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva tomonidan Uchqizil mahalla fuqarolar fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” gi Qonunining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarga mazkur Qonunning asosiy maqsadi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ulardan foydalanish va himoya qilish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarning daxlsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, axborot xavfsizligini mustahkamlash hamda shaxsiy ma’lumotlardan qonuniy va mas’uliyatli foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, qonunchilik talablariga rioya etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 3