Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "8-Qaroqchitol" saylov okrugi deputati O.Gaziyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov bilan birgalikda "Qorovultepa" mahalla fuqarolar yig‘inida aholini qiynab kelayotgan muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallaning Xazina ko‘chasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq mavjud holat ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, mazkur ko‘chadagi xonadonlarni markazlashgan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash uchun 2 kilometr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish zarur.

Shuningdek, ushbu infratuzilma loyihasini amalga oshirish orqali ko‘cha aholisining ichimlik suvi bilan bog‘liq muammosini bartaraf etish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida mazkur masalani tegishli dasturlarga kiritish hamda zarur amaliy choralarni ko‘rish yuzasidan deputatlik nazoratiga olinib, uning natijadorligi yuzasidan muntazam monitoring olib boriladi.

Slide 1 of 3