Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati X.Nazarova tomonidan saylovchilar murojaati asosida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi Buloqboshi saylov okrugi hududidagi "At-Termiziy" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganishlar davomida fuqaro G.Xakimova hamda uning farzandi Sh.Xakimov tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan tayyorlandi.

Murojaatda fuqaro o‘zi va farzandi uchun tibbiy order (davolanish uchun order) rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasini ko‘targan. Mazkur murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida uni hal etish maqsadida Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘roviga muvofiq, murojaatda ko‘rsatilgan holatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini o‘rganish hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javob taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2