Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
#tashrifga_munosabat
#tashrifga_munosabat

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik – taraqqiyot va do‘stlik sari yangi qadam.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi davlatlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stona munosabatlarni yanada boyitib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Mazkur tashrif davomida erishilgan muhim kelishuvlar nafaqat iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, balki ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, innovatsiyalar va boshqa sohalarda tajriba almashinuvini kuchaytirish uchun mustahkam asos yaratadi.

Bugun O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib, mamlakatimizning tinchlikparvar va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan siyosati yangi marralarni zabt etmoqda.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati sifatida ushbu tarixiy tashrifni yuksak baholayman. Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi mustahkam aloqalar kelgusida ham xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida yangi loyihalar, ezgu tashabbuslar va katta natijalar bilan davom etadi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash