Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 11-A.Navoiy saylov okrugi deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari o‘rinbosari B.Xayitov ishtirokida saylov okrugi hududidagi A.Navoiy mahallasida faoliyat yuritayotgan Inson ijtimoiy xizmatlari markazi xodimining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida xodim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash tizimi, murojaatlarni qabul qilish va ularning ijrosini ta’minlash holati hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla hududida ijtimoiy xizmatlarni yanada samarali tashkil etish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish, davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining manzilli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3