Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘zi saylangan hudud — "Bo‘ston" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida hokim yordamchisi A.Ashurov tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.O‘rganishlar natijasida 10 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangani, shuningdek, yil boshidan buyon 32 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilgani ma’lum bo‘ldi. Kredit oluvchilarning 10 nafari xotin-qizlarni tashkil etishi alohida qayd etildi.Nazorat yakunida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2