Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.

Murojaatda mahalla hududida joylashgan bankomatning uzoq vaqtdan buyon nosoz holatda ekani, buning natijasida fuqarolar naqd pul yechib olish hamda boshqa bank xizmatlaridan foydalanishda qator noqulayliklarga duch kelayotgani bildirildi.

Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida deputat murojaatchilar istiqomat qilayotgan hududga tashrif buyurib, vaziyatni joyida o‘rgandi. O‘rganish jarayonida mahalla faollari, fuqarolar hamda mas’ul tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, muammoning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilindi.

Fuqarolar bankomatning nosozligi kundalik hayotda, ayniqsa pensionerlar, ijtimoiy nafaqa oluvchilar va boshqa aholiga qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirayotganini ta’kidladilar.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat tomonidan muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Mas’ul bank va tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, bankomatni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish hamda aholiga uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash masalasi nazoratga olindi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, joyiga chiqib o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mazkur masala ijrosi to‘liq hal etilgunga qadar deputat nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 2