Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan tuman deputat M.Mirabdullayev tumanning “Besh-tut” mahallasida xotin-qizlar va nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan ommaviy tibbiy ko‘rik jarayoni bilan tanishdi.

🔺Tibbiy ko‘rik davomida malakali shifokorlar tomonidan fuqarolarning umumiy salomatligi baholanib, qon bosimi, yurak-qon tomir tizimi, terapevt va boshqa mutaxassislar ko‘rigi tashkil etildi. Shuningdek, zarur hollarda qo‘shimcha tekshiruvlar va davolanish bo‘yicha tegishli tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar berildi.

🔺Deputat tibbiy ko‘rikni tashkil etish sifati, tibbiyot xodimlarining aholiga munosabati, dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. Suhbatlar davomida ishtirokchilar bunday profilaktik tadbirlar aholi salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ularni muntazam tashkil etish yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Slide 1 of 3