Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Qonun ijrosi o‘rganildi

Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi deputatlari J.Donayev hamda Q.Igamberdiyevalar "Toza hudud" davlat unitar korxonasining Qiziriq tumani filialiga tashrif buyurib, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2002-yil 5-aprel, O‘RQ–362-II-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida tumanda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va belgilangan joylarga joylashtirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda qonun talablarining amaliy ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot tinglanib, chiqindilarni boshqarish tizimi samaradorligini yanada oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6