Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga asosan, O‘zMTDP partiyasidan 5-Paxtaobod saylov okrugi bo‘yicha saylangan deputat Axmedova Surayyo Mirpizalovnaning “Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari”ni yuritish holati bo'yicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan Paxtaobod MFY hududida joylashgan Yoshlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi hamda maxsus daftarga qayd etildi.

Mazkur daftar aholi bilan yaqindan ishlash, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli ravishda ro‘yxatga olish hamda tegishli tashkilot va muassasalarga yetkazish maqsadida yuritib kelinmoqda.

O‘rganish davomida:

⏩ Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar daftarga belgilangan tartibda kiritildi;

⏩ Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul mutasaddilarga murojaatlar tayyorlandi;

⏩ Murojaatlar ijrosini nazorat qilish va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi;

⏩ Hal etilgan masalalar bo‘yicha qaydlar yuritilib, natijalar tahlil qilib borilmoqda.

⏩ Yuborilgan murojaatlarning ijrosi doimiy nazoratga olinib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga muntazam ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.

Mazkur amaliyot deputatning saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rganishi hamda ularning yechimiga ko‘maklashishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4