Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Kotib

Xalq depututlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi sessiyaga kiritilgan tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha masalani har tomonilama o‘rganish maqsadida tumandagi 7-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish sifati, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, kunduzgi statsionarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi hamda tibbiy-sanitariya muassasining tez tibbiy yordam va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat bilan o‘zaro hamkorligining takomillashtirilganlik holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Oilaviy poliklinika bosh shifokori zamonaviy binodagi oilaviy poliklinika zarur asbob-anjomlar va jihozlar bilan ta’minlanganligi hamda shifokorlarning samarali faoliyatini yuritish va aholi uchun barcha sharoitlar yaratilganligini ma’lum qildi.

O‘rganishlar jarayoni muhokama qilinib, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirib borish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7