Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
🏛 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish o‘tkazildi

📋 Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaror loyihasiga asosan, tumandagi kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan, to‘liq davlat ta’minotidagi nogironligi bo‘lgan fuqaro Matmuratov Farxod Allaberganovichning yashash uyini qayta qurish xarajatlari uchun 200,0 (ikki yuz million) so‘m mablag‘ ajratish belgilangan.
🏠 Shu munosabat bilan navbatdagi sessiya oldidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati F.Navruzov, kotibiyat xodimi U.Ruzmetov hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Abdullayev ishtirokida fuqaroning Shovot tumani, Oqko‘l mahallasi, Zarbuloq ko‘chasi, 83-uy manzilida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida fuqaroning yashash uyi haqiqatdan ham qayta qurishga muhtoj ekani aniqlandi.
✅ O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mazkur fuqaroga uy-joyini qayta qurish uchun jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 200,0 (ikki yuz million) so‘m mablag‘ ajratish maqsadga muvofiq deb topildi va deputat tomonidan ijobiy xulosa berildi.
🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 9