Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
#tavsiyalar #qonun_162
#tavsiyalar
#qonun_162

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Amonov tomonidan Kogon shahar poliklinikasida sog‘liqni saqlash sohasiga oid qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi normalari hamda "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi Qonun talablarining amaliy ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Deputat tomonidan aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, narkologik kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, tibbiyot muassasasida qonunchilik talablariga rioya etilishi, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida sog‘liqni saqlash tizimida qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 2